Ey o'g'il bola senga ikki og'iz gapim bor
Bu gapim qo'shiq qilib aytim quloq sol
Otangni ko'rganim menga tinchlik bermaydi
Otang ayti o'g'lim hol so'rgani kelmaydi
Topgan molu dunyolaring bir tiyinga qimmat
Otang ko'nglin og'ritsang hor bo'lasan albat
Mol dunyoni Hudo bersa bir kun toparsan
Otangni yo'qotsang bilib qo'y topolmaysan
Uzuklar taqibsan barmog'inga tillodan
Otangni ko'rishga vaqt yo'q bo'shab yallodan
Bolang tug'ulganda atab qo'ylar so'yibsan
Yolg'izgina otangni bir bor yo'qlamabsan
Ayoli farzandlaring doimo ulovda
Jazirama issiqda ham otang piyoda
Duosin ol davlating ham bo'lar ziyoda
So'zlarimdan xafa bo'lma sen mobodo