Muhammadjon Aliboyev - Umrim so'ngisi
Kechdim o'sha molu dunyo qasrigacha
Uxlar edim xato peshin asrigacha
Kechir Alloh gunohlarim tovba qildim
Solih qilgin borar joyim qabirgacha
Boshim chiqmay qoldi kichik ayvonga
Aylanib qolganday bilmam hayvonga
Qalbga soldi yaratganim iymoni
Yurgan ekan aldanib shaytonga
Yurdim qilib kayfu safo
Qancha gunoh qancha xato
Tovba qildim xudoyim
Sendan keldi bir sado
Yurdim qilib kayfu safo
Qancha gunoh qancha xato
Tovba qildim xudoyim
Sendan keldi bir sado
Balki bugun umrimning eng so'ngisi
Tush emas hayollarim o'ngisi
Jigarlarim yonimdan hech ketmanglar
Bo'lar balki bu so'zlarim so'ngisi
Balki bugun umrimning eng so'ngisi
Tush emas hayollarim o'ngisi
Jigarlarim yonimdan hech ketmanglar
Bo'lar balki bu so'zlarim so'ngisi