Yomg'ir tomchilari chertib oynamni uyg'otdi,
Tunda qorong'u xonamni yoritgan oy ham
Yonimda yo'qliging qilar fosh
Ishqda holim, tangdir ahvolim
Ko'zlarimga qaragin yor
So'nggi bora qaragin yor
Xatoni sen qildingmi yo men?
Soniyada ming bor o'lgan men.
Dardimni aytay desam borib daryoga
Qo'rqamanda daryo dardimdan kuyib qoladi
Tinkam quridi yurakdagi ishqning raqsidan
Ey yoronlar, bu dardimni kim oladi?
Oynadan aksimni topmay, hotirjam o'rnimda yotmay,
Vaqtida tong otib, kun botmay,
Aylanadi boshim, o'zimdamas hushim.
Bilmay qoldim o'ngimmi yo tushim?
Anglamay oqmi, qora, aqlimdan tanim begona,
Umrim xarob, o'ylagan orzu-amalim sarob, sarob.