Yagzon Behruz - Onamga xat
Uxlamaydi kechalari meni kutib turibtilar
Dard yengadi kundan kunga o'zi zo'rg'a yuribdilar
Yuzlarni ajinlar ham butkul o'rab olibdilar
Sezmay qolibman men nokas onam qarib qolibdilar
Qiynalganing yo'qmi bolam
O'zi qorning to'qmi bolam
Bir qo'ng'iroq qilolmaysan
Shuncha ishing ko'pi bolam
Seni yomon sog'inyabman
Ko'p uzoqa ketma bolam
Men haqimda o'ylay o'ylay
Ohir qarib qoldi onam
Onajonim tizangizga boshim qo'yib
Uxlab olay ona sizga to'yib to'yib
Onajonim yana ertak aytib bering
Yoshligimni bir kungina qaytib bering
Onajonim umringizni yedim axir
Onajonim qachon rahmat dedim ahir
Onajonim boshimdan bir silab qo'ying
Onajonim menga omad tilab qo'ying
Ona sizga mos emasman
Yashi o'g'il bo'lolmadim
Bozorlardan hatto sizga
Ko'ylak olib berolmadim