Xa esimda yoshlik ko'chadan uyga kemasdik
Sovuqdan yuzlar qizargan a biz kechgacha tinmasdik
Xa biz kutardik sovg'a bu asli yolg'on ekan
Biz ishongan qorbobo bir devor qo'shni ekan
Menga sovg'alar kerak emas qaytar bolaligimni
Menga endi mers kerakmas tinchgina uchay chanamni
Yangi yil qaytar yoshlikni yur birga o'yniymiz
Hamma to'rt tarafda tarqalgan a manda uje "судимость"
Man judayam sog'indim yoshlikdagi ko'chamizni
Yur hammasini esliymiz yur qorda uchamizmi
Lekin hozir u ko'chalardan asar ham qolmagan
Nima bo'lgan deysanmi odamlar sal o'zgargan
Qara hammayoq bo'm bo'sh bollar muz uchmay qo'yishgan
Ularga ko'proq qiziq rasmni instaga qo'yishga
Lekin ko'chaga chiq deyishdan qiziq emas u paytlar
Biz yoqqan olovdekmas, isitmas megabaytlar
Yog'ayotgan qor parchaladi yoshligimni (parchaladi yoshligimni)
Qaytar bolaligimni
Men anchadan beri kutmay qo'yganman yangi yilni
O'g'irladi u yana bir yilni
Do'st esingdami maktab orqasidagi ishkal
Meni burnim qonagan, sani ko'zin ishgan
O'shanda bizni nohaq maktabdan xaydashgandi
Esingdami katta sinflar ham bizdan qo'rqishardi
Bir amallab tugatdik, maktabni ham uchga
Keyingi manzil ish, joylashdim yuk tashishga
Felim tez ko'tarolmadim boshliq so'kishin
Uni tez yordam obketdi, a men...
Uch yillik dam olish o'rgatdi hayot darsini
Lekin hali ulgirmadim, to'yib yoshlik hissini
Men sog'indim yoshligim o'tgan chang ko'chamizni
Obchiq veligiyni, yoshlikni eslab uchamizmi
Men anchadan beri kutmay qo'yganman yangi yilni
O'g'irladi u yana bir yilni
Men hali ulgirmadim to'yib yoshlik hissini
Ancha bo'ldi kutmay qo'yganimga yangi yilni
Yog'ayotgan qor parchaladi yoshligimni (parchaladi yoshligimni)
Qaytar bolaligimni
Men anchadan beri kutmay qo'yganman yangi yilni
O'g'irladi u yana bir yilni