Yigit boshim ham bo'ldi bazan
Topgan nonim kam bo'ldi bazan
Ko'zlarim ham nam bo'ldi bazan
Azobinga jidayman hayot
Biyron tilim so'zlamay qoldi
Hayot meni ne kuyga soldi
Halovatim zumda yo'qoladi
Bu sinovinga chidayman hayot
Men yiqildim ammo sinmadim
Mehnat qilib hech ham tinmadim
Alloh bersin yigit omadin
Hammasiga chidayman hayot
Rangli pullar ko'r qildi ko'zim
Boyligimda ko'paydi do'stim
Nochorlikda qoldirib o'zim
Yolg'izlika chidayman hayot