Yagzon guruhi - Nega sevaveraman
Yagzon - Nega Sevaveraman
Seni sevaman deydi uyalmay
Uni oʻpgan lablari bilan
Davom etar meni erkalay
Unga aytgan gaplari bilan
Senga kulib turib aldash qanchalar oson
Menga bilib turib sevish bunchalar ogʻir
Oʻzgarar deb oʻylardimu bir kuni
Oʻzgarmas ekan u tushundim oxir
Nega uni yoʻqotishdan qoʻrqaman
Axir yolgʻonglarin bilib turaman
Bilib turib yana sevaveraman
Koʻzlarini koʻrish uchun boraveraman
Nega koʻzlaringda buncha koʻp yolgʻon
Yoqimli soʻzlaring yana soʻzlaydi yolgʻon
Voz kecholmayabman ayt nima qilding
Ayt nega xayotimga kirib kelding
Soʻzlari yolgʻon uni baribir sevaveraman
Aldaydi oson meni men ishonaveraman
Koʻzlarini koʻrish uchun yana boraveraman
Yuragimni soʻrasa uni unga beraman
Qani endi yuragi faqat meni sevsaydi
Qani endi rostanam u meniki boʻlsaydi
Naxot endi imkonsiz uni unutish menga
Shuncha urinsamam nega bu qoʻlimdan kelmaydi ( 2x )
Ha bilaman hammasini boʻldi bas qil yashirma
Toʻxtatgin yolgʻonlaringni haroratim oshirma
Sevmagansanu tan ol unaqamasu dema
Borim bilan sevardim sanga yetmasmidi a
Menga bergan mehringni ungayam bergandursan
Ungayam mayus qarab sevaman degandir san
Yolgʻonlaring ayt davom etadi qachongacha
Oʻzi sevganmikin deb oʻyladim azongacha
Yolgʻon
Uni toʻkkan koʻz yoshlari buni bari
Yolgʻon
Bergan hamma vadalari aytganlari
Yolgʻon
Sevgisi ham hislari ham oʻzi kabi
Yolgʻon
Menla birga qilgan uni orzulari
Yolgʻon
Yolgʻonlarga toʻldirgan u hayotini
Oson
Aldayverar ishontirar yana meni
Sarson
Yurakkinam tuni bilan oʻylayverar
Bilsa ham sohtaligini yuragim soʻrayverar
Yolgʻonlaring seni seni tugamaydi ular hech
Azoblaydi meni meni tinch qoʻymassan erta kech
Unut deydi uni uni yurak aytar undan kech
Bilamanku hammasini boʻldi niqobingni yech
Yoki alda yana yana yolgʻoninga ishontir
Koʻzlarimga kulib kulib yolgʻon bilan quvontir
Yurag boʻlib mayda mayda sinib ketar har kuni
Bugun meni yonimdasan ertaga esa uni... ( 2x )
Soʻzlari yolgʻon uni baribir sevaveraman
Aldaydi oson meni men ishonaveraman
Koʻzlarini koʻrish uchun yana boraveraman
Yuragimni soʻrasa uni unga beraman
Qani endi yuragi faqat meni sevsaydi
Qani endi rostanam u meniki boʻlsaydi
Naxot endi imkonsiz uni unutish menga
Shuncha urinsamam nega bu qoʻlimdan kelmaydi ( 2x )