Firdavs Olimov - Odamlar ham o'zgarib ketdi
Yaxshi kamu ko'pmi yomonlar
Yuraklarga to'ldi gumonlar
Qani o'sha eski odamlar
Odamlar ham o'zgarib ketdi
Erkaklari qilganda g'iybat
Ota bilan bolasi ulfa
Shu emasmi qiyomat kulfat
Odamlar ham o'zgarib ketdi
Tomirlarim tortilib tarang
Asablarim chidaydi arang
Ko'ksi ochiq qizlarni qarang
Sharmu hayo o'zgarib ketdi
Odamlar ham o'zgarib ketdi
Qaynonlar kelini turtgan
O'g'il esa xirs qo'lin tutgan
Otalar bor shaytondan o'tgan
Odamlar ham o'zgarib ketdi
Beva ko'rsa bir kecha uchun
Yordam berar ko'rsatib kuchin
Hech minatsiz bajarmas burchin
Erkaklar ham o'zgarib ketdi