Shoxruxbek Ergashev - Men Jimgina Qolaverdim

Shoxruxbek Ergashev - Men Jimgina Qolaverdim

Shoxruxbek Ergashev - Men Jimgina Qolaverdim
  • Скачано: 814
  • Длительность: 02:39
  • Размер: 6.08 MB
  • Качество: 320 kbps
  • Дата релиза: 19.07.2023
Скачать песню
Скачать песню Shoxruxbek Ergashev - Men Jimgina Qolaverdim в mp3 бесплатно.

Слушать онлайн Shoxruxbek Ergashev - Men Jimgina Qolaverdim

Текст песни
Shoxruxbek Ergashev - Men Jimgina Qolaverdim

Hech kulmadi omadima
Ishqda armon quchaverdim
Ketaverding sen jimgina
Men jimgina qolaverdim

Daydib sevgi sahrosida
Choʻkib hijron daryosida
Zulmat tunlar qarosida
Men jimgina qolaverdim

Sogʻinib yor nozlarini
Oʻshal shirin soʻzlarini
Koʻrib namli koʻzlarini
Men jimgina qolaverdim

Sovchi qoʻysam kulishdida
Kambagʻal deb mensishmadi
Gulim menga berishmadi
Men jimgina qolaverdim

Dilga toʻlib hasrat borin
Tinglashmadi koʻngil zorim
Kelin boʻldi boyga yorim
Men jimgina qolaverdim

Umidimni hech uzmadim
Toshday qotdim muzladim
Essiz toʻying buzolmadim
Men jimgina qolaverdim

Soʻz demoqni foydasi yoʻq
Muhabbat shu qoidasi yoʻq
Dardlarim bor davosi yoʻq
Men jimgina qolaverdim
Copyright 2024. Макмо.нет - Новинки песни для вашего телефона.