Shohrux (Ummon) - Labirint
Qaramagin ko'zlarimga
Ishonmagin so'zlarimga
Bugun gap ertaga hech
Negadur to'g'ri kelmas ekan
Bora bora dil yona yonadi
Alamlardan tona tonadi
Tinmay xasta bu yuragim
Yo'lingdan qayt deb yolvoradi
To'g'ri yo'ldamasman
Yana tunlari har kuni masman
O'zimga ozor beradigan yaramasman
Lek o'ylama sen o'ylagan inson emasman
Bazida tog'ri yo'lni topolmadim adashib
Bu soxta go'zallarga ko'zlarimam qamashib
Yurgan edim shularni kimlar bilan talashib
Ko'nglimni sindirganlar bilan qayta yarashib
Negadir mani ko'rib odamlar hayron
Bilmaydi axir mani yuragim vayron
Charchaganim ko'zlarimdan bo'lar nomoyon
Hammasi tunga borib bo'ladi ayon
Ichimdagi ovozladan charchaganman
Oldin ishonaridim barchaga man
Agar bu yerlardan keta olsam edim
Boshqa qaytmas edim bu shaharchaga man
Yana yana yana yana
Qiynaydi meni bu dardlar
Yona yona yona yona
Kulga aylanadi qalblar
Yana yana yana yana
Manzilsiz uchar kabutarlar
Yona yona yona yona
Hamma yaxshi deb meni ovutarlar