Yulduzli kechaga to‘libdi toring,
Kuygan yuragimning taftini olgin,
Meni tutaverar sening xumoring,
Ming kecha bo‘lmasa, bir kecha qolgin
Ertani ko‘rish yo‘q, ham ortga qaytish,
Xayolga ergashib, telbadek daydish,
Hech kimga aytish yo‘q, hech kimga aytish,
Ming kecha bo‘lmasa, bir kecha qolgin
Mayliga, shu oqshom yilga aylansin,
Ming kecha bo‘lmasa, bir kecha qolgin
Ko‘nglim armonlari kulga aylansin,
Orzularim oppoq gulga aylansin