Sog‘inchga yo‘q davo,
Sabrga yo‘q toqat.
Tomog‘ingdan ovqat
O‘tmay qo‘yar ekan
Kelganda yolg‘izlik,
Ketganda bevafo,
Yetmas ekan hatto havo.
Alvido, alvido.
Chaqirmaydi qo‘ng‘iroq,
Suhbat qurishga yo‘q yaqin,
Yo‘q yiroq.
Faqatgina xonam uzra
Sochilib yotadi suratlaring
Va qarab turgan ko‘zlaring...
Kechagi kun
Hech qachon bo‘lmas bugun.
Ertangi kun
Hech qachon bo‘lmas kecha.
Qachongacha
Sevdim yuragim to‘rigacha?
Kechir mani tegib ketgan bo‘lsam
Joninggacha.
Daraxt edim barglari to‘kilayotgan,
Ketib, ildizimdan tortding
Nozik nuqtamni bilgan.
Qachonlardir gullab turar edik ikkimiz,
Hatto to‘g‘ri kelmasa ham.
Alvido, ko‘zlari qoram, so‘zlari donam.
Ketar bo‘ldi bevafo.
Alvido, ko‘zlari qoram,
Yetmadi nolam.
Ketar bo‘lding, bevafo,
Yuragimda sendan bo‘lgan jarohat,
Sen bilan mangu ketdi halovat.
Bir birimizga yoqmay qo‘ydik
Tunlar ham.
Alvido, alvido, alvido...